Joriy yilning may-iyul oylarida «Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovlari» bo‘lib o‘tadi. Bugun, 12 may kuni Guliston shahrining Shodlik mahalla fuqarolari yig‘ini raisligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Ovoz berish jarayonlari avvalida raislikka nomzodlar tomonidan mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha saylovoldi dasturi bilan tanishtirildi.