Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Navbatdagi to'qqizinchi sessiya

   Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Piskent tuman Kengashining navbatdagi to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

   2025-yil 15-aprel kuni Piskent tumani hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, deputatlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirok etdi.

 Xalq qabulxonasi rahbari A.Egamberdiyev tomonidan 2024-yil davomida murojaatlar bilan ishlash holati, hokim yordamchilari faoliyati, qonunbuzilish holatlari va ularni keltirib chiqargan omillar haqida axborot berildi. 

Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Julbarisov hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan “g‘olib” takliflar va ularga mablag‘ yo‘naltirish, shuningdek tuman byudjetiga mablag‘ qaytarilishi yuzasidan hisobot berdi. 

Sessiyada 2025-yilgi vegetatsiya davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash, gaz va elektr ta’minotini yaxshilash, ichimlik suvi va oqova tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha tashkilotlar rahbarlarining axborotlari tinglandi. 


 

Slide 1 of 4