Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan 2025 yil 4-aprelda Parkent tumani 40-sonli umumta`lim maktabi majlislar zalida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.Shundan so`ng fuqarolarning murojaatlarini eshitildi. Shuningdek, deputat uchrashuv chogʼida oʼz chiqishlarida shaharni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilishlari hamda mahallalardagi muammolarni hal etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli Qarori ijrosiga asosan “mahalla yettiligi” bilan bevosita hamkorlik yo`lga qo`yilganligi taʼkidlandi.