Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B. Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.