Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR MEHNAT FAOLIYATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
G'ozg'on shahar Adolat sotsial demokratik partiyasi kengash raisi "Adolat" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN
янв.21
BIR MAHALLA-BIR MAHSULOT
янв.21
Xalq deputatlari 4-Shifokorlar saylov okrugidan saylangan deputat Sharipov Odiljon Shafiyevich "Guliston" MFY hududidagi "Buloqi nav" bulog‘idagi holat bilan tanishdi.
янв.21
1-Obro`y saylov okrugi deputati Ergashova Mo`taram Sadullayevna saylovchilar bilan uchrushuvda.
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari G`ozg`on shahar Kengashi deputati Marjona Saidova deputatlik nazoratida
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg’otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o’zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ’ib qilish, o’zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida, joriy yilning 21-fevral kuni Boyovut tumani “Olmazor” mahallasida “Milliy libos-millat qiyofasi!” shiori ostida, tadbir o‘tkazildi.

Таdbirni, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 08-Taraqqiyot saylov okrugi deputati Xusnara Berdiyarova ochib berdi. Barchamizni birlashtiradigan, boy madaniyatimizni aks ettiruvchi milliy liboslarni qadrlash va targ‘ib qilish maqsadida har juma kuni ’’Milliy liboslar kuni’’ deb e’lon qilingan. Ushbu kunda har birimiz o‘z milliy liboslarimizni kiyib, madaniyatimizga bo‘lgan hurmatimizni namoyish etamiz. O‘zbek xalqining betakror an’analari va merosiga ehtirom ko‘rsatish, milliy kiyimlarni kiyish orqali o‘zligimizni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Bugun maktab ayol xodimalari hamda o‘quvchilar bilim dargohiga milliy liboslarda tashrif buyurdi.

Slide 1 of 4