Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mustaqillik bayrami va "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri o‘tkazildi

Bugun Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich Taxiatosh tumani 12-sonli maktabda bo‘ldi.

Deputat barcha ustozlar, ota-onalar va o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etib, yoshlarning kelgusi o‘qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

🎁 Bayram tadbiri davomida maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” tantanali ravishda topshirilib, yangi o‘quv yilining birinchi qo‘ng‘irog‘i chalindi.

Slide 1 of 1