OʻzLiDeP tashabbusi bilan “Inson hayoti - bebaho ne’mat, u barcha narsadan ustun” tamoyili asosida joriy yilning yanvar – mart oylarida “Ogoh bo‘ling – is gazi” aksiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shunga asosan, respublika bo‘ylab mutasaddi tashkilotlar, partiya faollari, mahalliy deputatlar va homiylar bilan hamkorlikda “Ogoh bo‘ling – is gazi” aksiyasi o’tkazildi.
Aksiya doirasidagi tadbir OʻzLiDeP Sirdaryo viloyat va Guliston shahar Kengashining mas’ul hodimlari, shahar Kengashi deputati N.Zikriyayev va hamkor tashkilot mutaxassislari bilan birgalikda “Ulug’obod” MFYda tashkil etilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbirlar davomida fuqarolar xonadonlariga is gazi chiqqanda ogohlantiruvchi detektorlar o‘rnatish, uskunaning afzalliklari va undan foydalanish qoidalari tushuntirildi.