Marhumlarning ruhi pokini aziz tutish, qabrlarni ziyorat qilib, ularni obodonlashtirish, o‘tganlarning ruhiga Qur’on tilovat qilish har birimizning insoniy burchimizdir.
Bugun erta tongdan Pastdarg‘om tumanining "Qushchinor" "Esaboy" "Beshnayman" mahallalari qabristonlarida hashar tashkil etildi.
Hashar doirasida qabriston va uning hududi tartibga keltirilib, ariqlar va yo‘laklar tozalandi, atrofini beton devor bilan urash ishlari boshlandi, yon-atrof obodonlashtirildi.
Hasharlarni tashkil etishda mahalliy Kengash deputati N. Aliyev bosh-u qosh bo'ldi.