35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari M.Xasamiddinov, Sh.Karimov, A.Andayev, U.Safarov ekspert hamda Yoshlar maslahat guruhi a'zolari bilan birgalikda Paxtakor mahallasida bo‘lib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish va infratuzilmaga oid murojaat hamda takliflar tinglandi.

Shuningdek, mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va hududni yanada obod qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bildirilgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha mas'ullar bilan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3