35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📢 📋 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Izzat Masharipov tomonidan Shovot tumani hokimligining Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi faoliyati hamda 2026-yil uchun belgilangan bandlik va kambag‘allikni qisqartirish dasturi ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
🎯 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — 2026-yilda belgilangan vazifalar ijrosining amaldagi holatini o‘rganish, amalga oshirilgan ishlar natijadorligini tahlil qilish hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan samarali nazoratni ta’minlashdir.
📌 Deputat so‘rovida quyidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar talab qilindi:
📊 Belgilangan ko‘rsatkichlarning joriy holatdagi ijrosi, reja va bajarilish foizi.
👷 Yangi yaratilgan ish o‘rinlari:
• iqtisodiy faoliyat turlari kesimida;
• mahallalar kesimida;
• doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari bo‘yicha.
👨‍👩‍👧 Kambag‘allik reyestridan chiqarilgan oilalar soni hamda ular bilan olib borilgan manzilli ishlar.
📑 Yashirin bandlikni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va rasmiylashtirilgan mehnat shartnomalari.
🌍 Xorijga tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborilgan fuqarolar soni, yuborilgan davlatlar va ish beruvchi tashkilotlar.
⚠️ Belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosida mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar.
🗂 Yil yakuniga qadar maqsadli ko‘rsatkichlarning to‘liq bajarilishini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy "Yo‘l xaritasi" va chora-tadbirlar rejasi.
⏳ Amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddat ichida asoslantirilgan yozma javob hamda barcha tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilishi so‘ralgan.
⚖️ Deputatlik nazorati — ochiqlik, qonun ustuvorligi va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim omilidir.