Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Nizomiy ko‘chasida aniqlangan nosozlik yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Nizomiy ko‘chasida aniqlangan nosozlik yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tashaeva Shaxnoza Azamatovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan Nizomiy ko‘chasi, 6A-uy yonida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida obodonlashtirish tizimiga tegishli suv quvurida nosozlik yuzaga kelgani aniqlanib, natijada har safar suv berilganda ko‘p qavatli uy oldi hududi hamda bolalar o‘yin maydonchasini suv bosib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat aholi uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xizmat tashkilotlari xabardor qilinib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur texnik choralar ko‘rish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda holat nazoratga olingan bo‘lib, ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur o‘rganishlar hudud infratuzilmasi holatini yaxshilash, muammolarni tezkor aniqlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3