Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Amir Temur ko‘chasida chiqindi to‘planishi holati o‘rganildi

Amir Temur ko‘chasida chiqindi to‘planishi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tashaeva Shaxnoza Azamatovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan Amir Temur ko‘chasi, 40-uy oldi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mazkur hududda maishiy chiqindilar to‘planib qolgani hamda atrofga yoqimsiz hid tarqalayotgani aniqlanib, ushbu holat fuqarolar uchun noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli xizmat tashkilotlariga hududni sanitariya holatiga keltirish, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish hamda tozalash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

Mazkur o‘rganishlar hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish hamda aholi uchun toza va qulay muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2