Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
DEPUTAT SO'ROVI IJOBIY HAL ETILDI

Avval xabar berganimizdek, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, deputat Anvar Aralov tomonidan o'z saylov okrugidagi “Doʻstlik” mahallasi, 25-sonli koʻp qavatli uy aholisining oqova suv tizimi bilan bogʻliq muammolar yuzasidan yoʻllagan murojaati asosida masʼul tashkilotlarga deputatlik soʻrovi yuborilgan edi.
Ushbu soʻrov yuzasidan “Kuxinur Siti-SSS” MChJ Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan zudlik bilan oʻrganish va amaliy ishlar olib borildi.
Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida:
25-sonli koʻp qavatli uy hududidagi oqova suv tarmogʻi texnik koʻrikdan oʻtkazildi;
Uy hududidan markaziy kolodetsgacha boʻlgan nosoz oqova suv quvurlari butunlay yangilandi;
Tarmoqda yigʻilib qolgan chiqindilar va tiqinlar maxsus texnikalar yordamida toʻliq tozalandi;
Oqova suv tizimining ishlash holati qayta sinovdan oʻtkazilib, sanitariya va texnik talablarga muvofiq profilaktika ishlari bajarildi.
Amalga oshirilgan samarali ishlar natijasida tizimdagi nosozliklar bartaraf etilib, oqova suv tarmogʻining uzluksiz va meʼyoriy holatda ishlashi taʼminlandi. Aholini qiynayotgan ushbu muammo ijobiy hal etildi.

Slide 1 of 7