Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, 1-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Anvar Aralov tomonidan Do‘stlik mahallasidagi 25-sonli ko‘p qavatli uy aholisi murojaati asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida mazkur uyda oqova suv tarmog‘i eskirgani, natijada oqova suvlarning erkin oqib ketishi qiyinlashib, aholi uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga deputatlik so‘rovi kiritilib, oqova suv tarmog‘ining texnik holatini o‘rganish, uy hududidan kolodetsgacha bo‘lgan eskirgan quvurlarni yangilash hamda mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalaning ijrosi deputat nazoratiga olinib, mutasaddi tashkilotlarning bu boradagi ishlari yuzasidan ma’lumotlar olinib boriladi.

Slide 1 of 2