Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Qonun ijrosi o‘rganildi

Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabovlar “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–353-son, 2013-yil 23-sentabr) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida Qiziriq tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, profilaktika tadbirlarini tashkil etish, aholining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda qonun talablarining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar ishtirokida mazkur qonunning mazmun-mohiyati, unda belgilangan huquq va majburiyatlar, OIV infeksiyasi profilaktikasining ahamiyati hamda aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5