Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
“Ashirqulmergan” mahallasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 29-“Oydinbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat X.Abdullayev tomonidan “Ashirqulmergan” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallani kompleks rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla “yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, infratuzilmani yaxshilash hamda yangi investitsion va drayver loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mahallada istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator drayver loyihalar ko‘rib chiqildi. Jumladan:
Turizm sohasini rivojlantirish orqali hududning turizm salohiyatini oshirish va yangi xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini tashkil etish;
Baliqchilik sohasini rivojlantirish doirasida yirik hajmda baliq yetishtirish loyihasini amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish;
Issiqxonalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va aholi bandligini ta’minlash loyihalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.

O‘rganish davomida mazkur loyihalarni amalga oshirish jarayonida mavjud muammolar, zarur infratuzilma, moliyalashtirish manbalari hamda tashkiliy masalalar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6