Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengashning tegishli qaroriga asosan tumanning “S.Raximov” mahallasi “Tashabbus” mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada ta’mirlanayotgan ichki ko‘chalarda olib borilayotgan ishlar, yo‘l qoplamasining sifati, qurilish materiallarining me’yorlarga muvofiqligi, texnika va ishchi kuchining jalb etilganlik darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar va pudratchilar bilan muloqot o‘tkazildi.

🔺Deputat aholi bilan ham suhbatlashib, ularning yo‘llar holati, transport harakati uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr va takliflarini tingladi. Fuqarolar tomonidan ko‘p yillardan buyon ta’mirtalab bo‘lib kelgan ichki yo‘llarning bosqichma-bosqich yangilanayotgani ijobiy baholandi.

🔺O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan standartlar asosida va yuqori sifatda yakunlash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4