Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Kotibiyat mudiri O‘.Rajabov Guliston MFYda: Deputatlar uchun 24 ta tavsiya amaliyotda

#24_ta_masala Kotibiyat mudiri O‘.Rajabov Guliston MFYda: Deputatlar uchun 24 ta tavsiya amaliyotda

Aholi salomatligini muhofaza qilish va ijtimoiy ko‘mak tizimining shaffofligini ta’minlash — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Rajabov “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun bepul dori-darmon vositalari tarqatilishi jarayonini o‘rganish maqsadida hududdagi Oilaviy poliklinikada bo‘ldi.

Ushbu o‘rganish va monitoring jarayoni bevosita xalq vakillarining joylardagi faolligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan "Deputatlar uchun 24 ta muhim tavsiya" dasturi doirasida tashkil etildi.

O‘rganish davomida kotibiyat mudiri tomonidan quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Deputatlar uchun belgilangan 24 ta tavsiyaning joylardagi ijrosi, xususan, aholi muammolarini o‘rganish va tibbiyot muassasalari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bandlari qay darajada ishlayotganligi;

Dorilarning haqiqatda ehtiyojmand, surunkali kasalligi bor va ijtimoiy daftarlardagi fuqarolarga to‘g‘ri yetib borishi;

Poliklinikadagi dori vositalarining saqlanish sharoitlari va zaxirasi.

📱Telegram📱Facebook📱Instagram