Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vadim Li tomonidan oʻz saylov okrugida oʼtkazgan sayyor qabullar jarayonida aholidan ichimlik suvi sifati va uzilishlar toʼgrisida tushgan shikoyatlarni hal etish maqsadida "Toshkeht viloyat suv taʼminoti"AJga deputatlik soʼrovi yuborildi.

#deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vadim Li tomonidan oʻz saylov okrugida oʼtkazgan sayyor qabullar jarayonida aholidan ichimlik suvi sifati va uzilishlar toʼgrisida tushgan shikoyatlarni hal etish maqsadida "Toshkeht viloyat suv taʼminoti"AJga deputatlik soʼrovi yuborildi.

Ushbu muammoni uzil-kesil hal etish maqsadida "Toshkeht viloyat suv taʼminoti"AJning Ekspluatatsiya boʼlimi boshligʼi Bekzod Ismoilov mazkur masala boʻyicha eng koʼp shikoyat tushgan "Istiqbol" mahallasiga jamiyatning shahar boʼlimi boshligʼi Xusanxon Muxiddinov va bosh mutaxassisi bilan tashrif buyurib, deputat hamda mahalla xodimlari va faollari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda deputat tomonidan mazkur muammo ichimlik suvi quvurlari yotqizilganiga 60-70 yil boʻlib, bunday muammo faqatgina bu bitta mahallada emas, balki butun shahar hududidagi muammo ekanligi aytilib, muntazam quvurlarni qisman taʼmirlash ishlari samarasiz ekanligi taʼkidlandi.

Muloqot soʼnggida deputat Vadim Li "Toshkeht viloyat suv taʼminoti" AJ tomonidan muammoni toʼliq hal etadigan puxta oʻylangan loyiha ishlab chiqilishi va uni respublika darajasida hal etish chorasini koʻrilishi" kerakligi toʼgrisidagi taklifi"Toshkeht viloyat suv taʼminoti" AJ vakili va shahar rahbariyati tomonidan ma`qullandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 3