Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Mahalla idorasi holati deputat tomonidan o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat Maxfuza Isroilova tomonidan Sharq yulduzi mahalla fuqarolar yig‘ini binosining holati o‘rganildi.
🔍O‘rganish jarayonida mahalla idorasi binosining tashqi fasadi, tom qismi hamda hududni obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Binoning ayrim qismlarida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, tashqi ko‘rinishini yaxshilash hamda tom qismidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi qayd etildi.
📋 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son qarori ijrosi doirasida mahalla fuqarolar yig‘inining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalla institutining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish davomida mahalla binosida fuqarolarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat xonalarining holati ham tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla idorasi binosini belgilangan talablar asosida saqlash, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4