Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan shahardagi soliq inspektori faoliyati hamda unga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishi holati o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (1997-yil 29-avgust, 474-I-son) talablari asosida olib borildi.
O‘rganish davomida soliq inspektori tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash, soliq qonunchiligi ijrosini ta’minlash, tushuntirish-targ‘ibot ishlari hamda yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati ko‘rib chiqildi.
Jumladan:
soliq to‘lovchilar bilan ishlash holati;
tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari;
murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti;
yuklatilgan vazifalar ijrosi;
tegishli hujjatlar yuritilishi tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi