Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, xususan Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati yuzasidan mavjud e'tirozlar bildirildi. Aholi vakillari mazkur masalani atroflicha o‘rganish va qonuniy yechim topishda deputatlar tomonidan nazorat o‘rnatilishini so‘radilar.

Shuningdek kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolar ham ko‘tarilib fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalar deputatlar tomonidan nazoratga olinib yechimi yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ijrosi monitoring qilib borilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4