Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Shovot tumanida budjet intizomi va obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda tuman Kengashi deputati M. Kariyev tomonidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-22-31-12-177-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-sonli “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
O‘rganish davomida Shovot tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman markaziy ko‘chalari bo‘yida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlarining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqib ketish bo‘yicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasi bilan shartnoma tuzish zarurligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 4