Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Deputat “Oq buloq” bolalar oromgohi faoliyati bilan tanishdi

           Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati B. Bazarova tumanimizdagi Oxunboboyev mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Oq buloq” bolalar oromgohi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Deputat oromgoh direktori Sardorbek Qurbonov bilan suhbatda bolalarning yozgi ta’til davri ular uchun yangi ko‘nikmalarni egallash, do‘stlar orttirish va o‘z iqtidorini namoyon etishda muhim imkoniyat ekanligini
ta’kidladi. Shuningdek, oromgoh shifokori Azamatjon Mo‘minov tomonidan dam oluvchi bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati hamda sog‘lomlashtirish ishlari bo‘yicha ma’lumot berildi.Oromgoh hisobchisi Saidaxon Safarova tomonidan muassasaning moliyaviy faoliyati, hisob raqamlariga kelib
tushayotgan mablag‘lar va ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan axborot taqdim etildi. Deputat bilan birga tashrif buyurgan tuman Hunarmandlar uyushmasi rahbari Nozimaxon O‘raqova tomonidan bolalarning bandligini ta’minlash, hunarmandchilik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda oromgoh faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 5