Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Deputatlik nazorati amalda

O‘rganishlar davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim hamda soliq inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

 Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

 Shuningdek, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazildi.

 Mahalladagi sport maydonchalari, ta’lim muassasalarining sport zallari va ulardagi sport anjomlarining holati ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

 Ichki ko‘chalar holati, tungi yoritish tizimi, yo‘l harakati xavfsizligi, tirbandliklar va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalari ham o‘rganildi.

 Ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari, yerto‘lalari, hududlarining tozaligi va yoritilishi holati yuzasidan ham monitoring olib borildi.

 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida taklif va tavsiyalar berildi.

 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholini o‘ylantirayotgan muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda fuqarolarning turmush sifatini yanada yaxshilashdan iborat.

Slide 1 of 1