Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov va kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan tumanning “Daxana” mahallasida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar olindi.

🔺Tashrif davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan ham suhbat o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, obodonlashtirish ishlari, murojaatlar bilan ishlash hamda sektorlar hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

🔺Mahalla raisi tomonidan aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi. Deputat mahalladagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda mahalla raisi hamda hokim yordamchisining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.

Slide 1 of 3