Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Shayimova 13-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ularning kelajak rejalari, tanlagan kasblari, oliy ta’lim muassasalariga kirish maqsadlari hamda Vatan ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish mas’uliyati haqida samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Deputat yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallash, o‘z ustida muntazam ishlash hamda yurt taraqqiyotiga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim va kasb tanlashdagi mas’uliyat haqida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida deputat X.Shayimova mustaqil hayot sari dadil qadam qo‘yayotgan bitiruvchi yoshlarni samimiy qutlab, ularga kelgusi sinovlarda muvaffaqiyat tiladi hamda barchasining o‘zlari orzu qilgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlarini tilab qoldi.

Slide 1 of 3