Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 17-“Abay” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Kamolova tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔍 O‘rganish natijalariga ko‘ra, tumanda jami 961 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qilmoqda. Shundan:
▪️ I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar – 92 nafar;
 ▪️ II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar – 614 nafar;
 ▪️ III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar – 100 nafar;
 ▪️ Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar – 155 nafarni tashkil etadi.

💼 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning 117 nafari ishlash istagini bildirgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 29 nafarining bandligi ta’minlangan.

♿️ Shuningdek, markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida reabilitatsiya texnik vositalari hamda protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilgan. Jumladan:
 ✅ 5 ta nogironlik aravachasi;
 ✅ 10 ta qo‘ltiqtayoq;
 ✅ 2 ta eshitish moslamasi;
 ✅ 9 ta protez va korset;
 ✅ 13 ta maxsus matras hamda boshqa yordamchi vositalar topshirilgan.

🤝 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash va hayot sifatini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3