Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Mahalla bilan muloqot — muammolar yechimining muhim omili

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan 19-"Saodat" saylov okrugiga qarashli “A.Navoiy” mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida deputat mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda yoshlar yetakchisi bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan atroflicha suhbatlashdi.

Uchrashuv davomida mahalladagi tizimli muammolarni aniqlash, ularni bosqichma-bosqich hal etish hamda aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash, yoshlarni bandlikka jalb etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mahalla hududini obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha mavjud masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni hamkorlikda hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan ishlarni kuchaytirish hamda aholi bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur uchrashuv mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda hududni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3