Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Deputat mahallada "BIRLIK" MAHALLASI — ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUD!

 "BIRLIK" MAHALLASI — ISHSIZLIKDAN
XOLI HUDUD!
  

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi
bandligini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishidir. Bu borada
mahallabay ishlash tizimining samaradorligi Piskent tumani misolida o‘z
isbotini topmoqda.
 

 Deputat nazorati va o‘rganish natijalari 

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashidagi
O‘zbekiston Ekologiya partiyasi deputatlik guruhi a’zosi, 9-Birlik saylov
okrugi deputati Sh.Fayziyeva tomonidan mahallalarda hokim yordamchilarining
faoliyati va aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari samaradorligi
o‘rganildi.
 

 Bandlik ko‘rsatkichlari raqamlarda: 

O‘rganish boshida mahalla hududida 136
nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan edi. Ko‘rilgan tizimli chora-tadbirlar
natijasida 2026 yilning birinchi chorak yakuniga ko‘ra ularning bandligi
quyidagicha ta’minlandi:
 

 Doimiy ish o‘rni: 19 nafar fuqaro doimiy ish
joylariga joylashtirildi.
 

Mavsumiy bandlik: 54 nafar fuqaro mavsumiy
ishlarga jalb etildi.
 

 Tadbirkorlikka ko‘mak: 6 nafar fuqaroga o‘z
faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlar ajratildi.
 

 O‘zini-o‘zi band qilish: 49 nafar fuqaro
o‘zini-o‘zi band qilish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tdi.
 

 Daromadni oshirish: 8 nafar fuqaroning mavjud
daromad manbalari kengaytirilib, bandligi to‘liq ta’minlandi.
 

Raqamli shaffoflik