Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Deputat mahallada 🍓 Investitsiya — taraqqiyot va bandlik omili

 🍓 Investitsiya — taraqqiyot va bandlik
omili
 

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashidagi O‘zLiDeP
deputatlik guruhi a’zosi, 22-Guliston saylov okrugi deputati R.Muxtorova hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova tomonidan
"Guliston" MFY hududida faoliyat yuritayotgan "TWINS BERRY FARM
AND GARDENS" MCHJning ish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
 

O‘rganish davomida quyidagilar ma’lum bo‘ldi: 

Loyiha ko‘lami: Tadbirkor bank hisobida turgan 5
gektar maydondagi issiqxonani sotib olib, o‘z mablag‘lari hisobidan jami 210
ming dollar miqdorida investitsiya kiritgan.
 

Zamonaviy texnologiya: Hozirda 4 gektar maydonda
gidroponika usulida qulpunay yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. 1 gektar maydonda
esa ochiq holatda eksperiment tarzida ekin ekilib, hosildorlik darajasi
kuzatilmoqda.
 

Ijtimoiy samadorlik: Mazkur xo‘jalikda hozirda 8 nafar
xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan.
 

"Maqsadimiz — ish o‘rinlarini yanada kengaytirish
va yil davomida ichki bozorlarimizni sarxil qulpunay mahsulotlari bilan
uzluksiz ta’minlashdan iborat", — deydi tadbirkor.
 

Bu kabi loyihalar hududda tadbirkorlikni
rivojlantirish bilan birga, aholi bandligini ta’minlash va oziq-ovqat
xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Deputatlar tomonidan tadbirkorning
kelgusi rejalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 6