Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEHQON BOZORIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI.

Toshloq tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda asosiy iste’mol mahsulotlari narxlarining asossiz oshib ketishining oldini olish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur jarayon Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputatlari ishtirokida tashkil etilib, markaziy dehqon bozorida amalga oshirildi. Unda aholi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarning narxi, sifati va yetarliligi tahlil qilindi.

Shuningdek, sotuvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, narxlar barqarorligini ta’minlash hamda aholining uzluksiz oziq-ovqat bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9