Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
MAHALLA YETTILIGI – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK POYDEVORI

MAHALLA YETTILIGI – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK POYDEVORI

Bugungi kunda yurtimizda mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, “mahalla yettiligi” tizimi orqali hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Mahalla yettiligi tarkibiga kiruvchi mutasaddilar — mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori hamda boshqa mas’ullar o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borib, mahalladagi har bir xonadon bilan tizimli ishlashni yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur jarayonlar doimiy e’tiborda bo‘lib, Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputati Nurmurod Davronjon tomonidan ham mahallalarda olib borilayotgan ishlar yaqindan o‘rganilib, tizim samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy ko‘mak va tavsiyalar berib borilmoqda.

️ Ushbu tizim orqali:

• aholining bandligini ta’minlash, 

• ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, 

• yoshlar va xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, 

• jinoyatchilikni oldini olish, 

• tadbirkorlikni rivojlantirish kabi muhim vazifalar samarali amalga oshirilmoqda. 

 Mahalla yettiligining uyg‘un va hamjihat faoliyati hududlar rivoji, aholi farovonligi va jamiyat barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5