Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati deputati E.Sobirov, xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri-deputat D.Sherboyev va deputat Sh.Norqobilovlar hamkorligida tumandagi “Gulobod” mahallasida bo‘lib, tadbirkorlik subyektlari faoliyatlari bilan tanishdilar.

Tanishish jarayonlarida mahallada tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan fuqarolar xonadonlariga borilib, suhbatlar o‘tkazildi. Mavjud muammolar va takliflar tinglandi. Ayrim masalalar ijobiy yechimini qilish maqsadida deputatlar tomonidan qayd qilib olindi.

Shuningdek, suhbatlar davomida tadbirkor fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-may kunidagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-328-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. Bunda har bir tadbirkorlar faoliyati ushbu qonunchilik bilan kafolatlanganligi ta’kidlab o‘tildi.

Davlatimiz rahbari ham sohaga oid har bir chiqishlarida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamoqdalar. Ularga imkoniyatlar turlarini oshirmoqdalar. Zero tadbirkor elga madadkordir. Tadbirkorlar ko‘paysa, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Natijada kambag‘allik darajasi kamayadi.

O‘rganishlar davomida deputatlar tadbirkorlarga faoliyatlarida muammoli masalalar paydo bo‘lsa, bemalol murojaat qilishlari mumkinligini bildirishdi. Bu borada hamin qadar yordam berishliklarini aytishdi.

Slide 1 of 4