O‘zbekiston Respublikasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga muvofiq Uchtepa tumani hokimining o‘rinbosari – tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Aripovaga "17-Guliston" okrugi deputati Tursunova Shahnoza Jurakulovna tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi PF-33-son Farmoni ijrosi yuzasidan Uchtepa tumanida, jumladan mahallalar va umumta’lim muassasalarida (erta turmushni oldini olish) bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 5- va 8-moddalariga muvofiq, yozma ravishda hisobot berish so‘raldi.