Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalardan biri — Paxtachi tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorakdagi ijrosi yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.
Hisobotda budjet daromadlari va xarajatlari ijrosi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.