Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
DOIMIY KOMISSIYA MAJLISIDA QONUNIYLIK BO‘YICHA MUHOKAMALAR

DOIMIY KOMISSIYA MAJLISIDA QONUNIYLIK BO‘YICHA MUHOKAMALAR

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar umumlashtirilgan va tanqidiy tahlil qilindi.

🔹 Taqdim etilgan ma’lumotlar asosida mavjud holat muhokama qilinib, ayrim yo‘nalishlardagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shu asosda profilaktika ishlarini takomillashtirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taklif va vazifalar belgilab olindi.

🔹 Shuningdek, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamiyatda qonuniylik madaniyatini yuksaltirish hamda xavfsiz jamiyatni shakllantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔹 Yig‘ilishda tuman Kengashi raisi B. Axmadjonov hamda kotibiyat mudiri Sh. Raximov ishtirok etib, muhokama qilingan masalalar yuzasidan fikr bildirildi va bildirilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7