Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
2025-yil 21-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi raisi Gʻayratjon Eshpulatov hamda tuman Kengashi deputati Haroboy Ismatovlar tomonidan havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan Yorqin mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o'rganildi.

2025-yil 21-dekabr kuni Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi raisi Gʻayratjon Eshpulatov hamda tuman Kengashi deputati Haroboy Ismatovlar tomonidan havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan Yorqin mahallasidagi ijtimoiy soha obyektlari o'rganildi.

Tashrif davomida tuman hokimi umumtaʼlim maktabining isitish tizimlari holatini, shuningdek, xonalar ichidagi harorat darajasini atroflicha koʻzdan kechirdi.

Kehgash raisi umumtaʼlim maktabida yaratilgan sharoitlar, isitish qozonlari va isitish tizimlarining uzluksiz ishlashi, yoqilgʻi zaxiralari hamda texnik xavfsizlik masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Masʼul xodimlar bilan suhbat chogʻida qish mavsumida, ayniqsa sovuq kunlarda, bolalar va xodimlar uchun qulay, iliq va xavfsiz muhitni taʼminlash muhimligini taʼkidladi.

Kehgash raisi Gʻayratjon Eshpulatov muassasa masʼullariga bugungi sovuq kunlarda isitish tizimlari ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarning oldini olish hamda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etish boʻyicha aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, bolalarning salomatligi va taʼlim-tarbiyasi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish ustuvor vazifa ekanini alohida qayd etdi.

Tashrif yakunida Kehgash raisi masʼullarga bu boradagi ishlarni tizimli ravishda olib borish, qish mavsumini betalafot oʻtkazish uchun barcha choralarni koʻrish zarurligini taʼkidladi.

Slide 1 of 10