Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
TADBIRKORLIK VA BANK QONUNCHILIGI: MAHALLADA SAYYOR UCHRASHUV O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-580-sonli Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. 

“O‘zsanoatqurilishbank” mas’ul xodimlari, “Jingavuz” mahallasi raisi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Nargiza Sharipova hamkorligida o‘tkazilgan ushbu muloqotda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan bir guruh fuqarolar ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida kredit olib o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lgan fuqarolarga bank xizmatlaridan foydalanishning imtiyozli jihatlari, kredit ajratish tartibi va yangi tahrirdagi qonunchilikda belgilangan mijozlar huquqlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

“Xususan, tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar va yoshlarning biznes loyihalari ko‘rib chiqilib, ularga bank tomonidan taqdim etilayotgan mikrokreditlar hamda davlat dasturlari doirasidagi moliyaviy ko‘maklar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. 

Deputat N.Sharipova tomonidan mahalladagi ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish borasidagi bunday hamkorlik kelgusida yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Yakunda fuqarolarni qiynayotgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berilib, muammoli masalalar nazoratga olindi”. 

Slide 1 of 2