Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Kengash_faoliyati

MUAMMO BOR JOYGA DEPUTAT KELDI: "QUDUQSOY"DAGI OCHIQ MULOQOT

✅Xalq saylagan vakil xalqning ichida bo‘lishi shart. Bu shunchaki shior emas, Bandixon tumani Kengashi deputati G.Xolmatova faoliyatidagi asosiy tamoyildir.

✅Deputatning "Quduqsoy" mahallasidagi uchrashuvi odatdagidan farqli ravishda, bino ichida emas, balki bevosita muammo bor ko‘chalarda ochiq osmon ostida o‘tdi. Nega deysizmi? Chunki yo‘lning holatini, suv tarmog‘idagi kamchilikni faqat joyida ko‘rib, his qilish mumkin.

✅Uchrashuvda nimalar hal bo‘ldi?

✅Aholi tomonidan bildirilgan yo‘l ta’miri va ichimlik suvi bo‘yicha murojaatlar tinglandi.

✅Imkon qadar tez hal etiladigan masalalar bo‘yicha joyida chora ko‘rildi.

✅Murakkab masalalar bo‘yicha esa mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi tayyorlanib, nazoratga olindi.

Maqsad bitta: Mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi roziligiga erishish!

Slide 1 of 1