Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Marg‘ilon shahri Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘ini, Bobodehqon ko‘chasida yashovchi fuqarolar tomonidan hudud deputati nomiga murojaat kelib tushdi.

Murojaatda aholi tomonidan tomorqalarni sug‘orish uchun suv olib kelish maqsadida lotok (suv o‘tkazish yo‘lagi) yotqizish ishlari jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar bayon etilgan.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, ariq atrofiga ayrim shaxslar tomonidan terak daraxtlari ekib qo‘yilgani lotok yotqizish ishlarini qiyinlashtirmoqda. Bu esa suv ta’minoti tizimini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarning to‘liq amalga oshishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Kelib tushgan murojaat asosida hudud deputati S.Jurayeva tomonidan masala joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalla aholisi, mutasaddi tashkilot vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, mazkur hududda suv o‘tkazish tizimini yaxshilash ishlari aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, lotok yotqizish orqali tomorqalarni samarali sug‘orish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan. Biroq ayrim hollarda shaxsiy manfaatlar ustuvor qo‘yilib, umumiy infratuzilma ishlariga to‘sqinlik qilinayotgani kuzatilgan.

Deputat tomonidan mas’ullarga ushbu holatni qonuniy tartibda hal etish, fuqarolar manfaatini inobatga olgan holda muvozanatli qaror qabul qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda hamjihatlikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3