Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala— “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lmagan fuqarolar xonadonlarini energiya tejamkor, ya’ni “yashil” ta’mirlash ishlari bo‘ldi. 

Yig‘ilish davomida Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari I.Otajonov tomonidan bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Unda ta’kidlanishicha, ajratilgan mablag‘lar doirasida bir qator xonadonlarda ta’mirlash ishlari olib borilgan, issiqlikni saqlovchi materiallardan foydalanish orqali uylarning energiya samaradorligi oshirilgan.

Shuningdek, obodonlashtirish bo‘limi mutasaddilari tomonidan bajarilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi. Ayrim hududlarda ta’mirlash ishlarining sust borayotgani, qurilish materiallari yetkazib berishdagi uzilishlar hamda texnik nazorat masalalarida kamchiliklar borligi qayd etildi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ishlar sifatini oshirish hamda jarayon ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 8