Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputat nazorati

Oʻrganish jarayonida xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputatlari tomonidan "Shayxontohur tuman Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi"da “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijroosi muhokama qilindi. 

Xususan, tumanda 184 ta bolalar va oʻsmirlar muassasalaridan 2025-yilda 109 ta muassasada sanitariya-texnik holati, bolalar uchun xavfsiz ovqatlanish masalalari oʻrganilgani, sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilmagan 90 nafar rahbar xodimlarga maʻmuriy bayyonoma rasmiylashtirilgani, jumladan 2 ta muassasa ish faoliyati vaqtincha toʻxtatilgani hamda Tadbirkorlik subʻektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyichi vakilining ruxsati bilan “Eski Juva” dehqon bozorida kundalik sanitariya holatni oʻrganish davomida isteʻmolga yaroqsiz deb topilgan 25199 kg oziq-ovqat mahsulotlari savdodan chiqarilgani haqida maʻlumot berildi.  

Shuningdek, boʻlim tomonidan yuqumli va parazitar kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan oʻchoqli dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlarini oʻtkazilishini tashkil qilish hamda jamoat salomatligini taʻminlash maqsadida xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, baholash va bartaraf etish yuzasidan masʻullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ham maʻlumot berib oʻtildi. 

Deputatlar tomonidan, "Shayxontohur tuman Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi"da joylashgan laboratoriyani qoshimcha jihozlash hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan umumiy ovqatlanish obyektlarida ratsional, xavfsiz ovqatlanish tashkil etilishi ustidan sanitariya qoidalari va gigiyena normalarining bajarilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish haqida tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1