Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputat saylovchilariga axborot berdi

 Deputat saylovchilariga axborot berdi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “3-Yangichek”
saylov okrugidan saylangan deputati Y.Axmadaliyev Yangichek mahalla fuqarolar
yigʻinida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida
olib borilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi. 

Uchrashuvda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
M.To‘xtasinov, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi vakillari, “mahalla
yettiligi” hamda faollari ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida deputat hududni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha yoritdi. Xususan,
aholi turmush farovonligini oshirish, ishsizlikni kamaytirish, elektr taʼminoti
barqarorligini taʼminlash hamda mahallada obodonlashtirish ishlari bo‘yicha
erishilgan natijalar haqida batafsil maʼlumot berildi. 

Shuningdek,
deputat o‘z faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Kelgusida yoshlar va
xotin-qizlar bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish
o‘rinlari yaratish, mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda ijtimoiy
himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilishni
taʼkidladi. 

Uchrashuv
yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar muhokama qilinib, ularni
yechish mexanizmlari belgilab olindi.  

Slide 1 of 3