Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi: ichki yo‘llar davlat dasturiga kiritildi

Pastdarg‘om tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga 2026-yil 25-mart kuni yuborilgan 71-ds-487-26-sonli “Ilm mahallasi Kimiyogarlar va Sanoat ko‘chalarini asfalt qilish to‘g‘risida”gi deputat so‘rovi yuzasidan mutaxassislar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Ilm mahallasidagi Kimiyogarlar va Sanoat ko‘chalari shag‘al qoplamali yo‘l ekanligi, bu esa aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. 

Deputat so‘rovi natijasida muammo ijobiy yechim topdi. Xususan, Ilm mahallasidagi Kimiyogarlar ko‘chasining 380 metr hamda Sanoat ko‘chasining 747 metr ichki yo‘llarini ta’mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yil davlat dasturiga kiritildi.

Mazkur qaror asosida ushbu ko‘chalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay harakatlanish sharoitini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.

Slide 1 of 1