Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyati bo‘yicha tajriba almashildi
янв.21
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYA HOLATI O'RGANILDI
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati va qonunchilik ijrosi o‘rganildi.
Ijtimoiy mablag‘lar sarfi muhokama qilindi

Bayram arafasidagi tig‘iz kunlarga qaramay, Marg‘ilon shahrida dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, shahar rahbariyati tashabbusi bilan ochiq maydonda navbatdagi muhim muhokama yig‘ilishi tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Marg‘ilon shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Sh.Nisbatxonov, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda masalaga daxldor mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Inson ijtimoiy xizmatlar markazi tasarrufidagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hamda Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ushbu mablag‘lar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, xususan, ta’mirtalab xonadonlarni tiklash va obodonlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yig‘ilish yakunida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ustidan qat’iy deputatlik nazoratini o‘rnatish zarurligi alohida qayd etildi. Shuningdek, har bir ajratilgan mablag‘ning manzilli va shaffof sarflanishi ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.

Marg‘ilon shahrida aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, ularning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda va bu jarayon doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.

Slide 1 of 6