Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Tuman markaziy stadionida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.

 Tuman markaziy stadionida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi. 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov, B.Sharipov, Sh.Djo‘raev, M.Xakimova,
D.Sodiqova, Xalq deputatlari Quva tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhini
a’zolari M.Muxamadov, O.Burxonov, F.Mirzakarimov, D.Baxtiyorova hamda O‘zLiDeP Quva
tuman Kengashi apparati rahbari Yu.Abdullaevalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 6 martdagi 8-son bayoni bilan tasdiqlangan “Farg‘ona
viloyati Quva tumanini jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan
loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 03-03/1-778-son Qarori ijrosi doirasida
tuman markaziy stadionida olib borilgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi. 

Mazkur loyihaning qiymati 3 milliard 199 million 170 ming so‘mni tashkil etib, qurilish-ta’mirlash
ishlari “Mirzo Saodat” MChJ tomonidan amalga oshirilgan. 

O‘rganishlar jarayonida deputatlar asosiy e’tiborni stadiondagi olib borilgan ishlarning sifati,
maydon infratuzilmasini yangilash holati, tribunalarning bugungi holati hamda yoshlar
va sportchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarga qaratildi. 

O‘rganish ishlari davomida bir qator kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, mazkur qurilish-ta’mirlash ishlariga
huquqiy baho berish zarurligidan kelib chiqib, yig‘ilgan materiallarni tuman prokuraturasiga
taqdim etishga kelishib olindi.  

Slide 1 of 8