Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Deputat tomonidan o‘rganildi

 Deputat tomonidan o‘rganildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashiga “14 – Xonobod” saylov
okrugidan saylangan deputat M.Axmadalieva Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla
yettiligi” faoliyatini o‘rgandi. 

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor mahalladagi ijtimoiy xodimning
o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga qaratildi. Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona
reestri”ga kiritilgan 54 ta oila hamda 96 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga
ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar holati o‘rganildi. 

Shuningdek, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar
bandligini ta’minlash, uyushmagan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, sport
hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi. 

O‘rganishlar davomida har ikki xodim faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 2