Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлар ташаббуси билан йўллар асфальтлаштирилди.
янв.21
Ғозғон шаҳрида Сенат қарор ижроси ўрганилди.
янв.21
Замонавий шифохона қурилиши жараёнлари ўрганилди.
янв.21
Ҳунармандлар фаолияти ўрганилди.
янв.21
Shayxon MFYda asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahallalar uyushmasi va hokim yordamchilari faoliyati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida hisobot tinglandi
янв.21
TUMAR MAHALLASIDA YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI JADAL SUR’ATLARDA DAVOM ETMOQDA
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash holati qonunchilik asosida o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI G‘OZG‘ON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Ko‘p qavatli uylar qurilishi va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 9-Nurobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Sarimova tomonidan “Nurobod” mahallasi hududida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishining sifati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, obyektlarda qurilish ishlari belgilangan tartibda olib borilmoqda. Xususan, binolarning fasad qismi yakunlangan, hozirda kanalizatsiya tarmoqlarini tortish ishlari davom etmoqda hamda ichki pardozlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Shuningdek, deputat tomonidan Nurobod mahallasida tashkil etilgan umumiy dam olish bog‘i holati ham o‘rganilib, aholining hordiq chiqarishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Mazkur qurilish va obodonlashtirish ishlari hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda mahallaning obod qiyofasini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4