Yangiliklar

Turizm toʻgʻrisidagi qonun mazmun-mohiyati targʻib qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Bazarova tomonidan aholi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi O‘RQ–549-sonli Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida mazkur qonun asosiy maqsadi mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, turizm xizmati sifatini oshirish hamda ushbu yoʻnalishda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashdan iborat ekani taʼkidlandi.

Qonunda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, ichki va kirish turizmini kengaytirish, tarixiy-madaniy meros obyektlaridan samarali foydalanish hamda hududlar turistik salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgani qayd etildi.

Uchrashuvda fuqarolarni turizm sohasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, hudud turistik jozibadorligini oshirishga hissa qoʻshishga chaqirildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Slide 1 of 2